Stiv Bryus MYU Maguayr bilan shartnomani uzaytirsin dedi

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Stiv Bryus klub himoyachisi Garri Maguayr bilan bitimni uzaytirish masalasi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bryusning ta’kidlashicha, Maguayr uzoq vaqt davomida atrofida bo‘layotgan voqealar uchun nohaq “aybdor” sifatida ko‘rsatib kelindi. Uning fikricha, Garri na “Manchester Yunayted”ni, na Angliya terma jamoasini hech qachon pand bermagan. Bryus Maguayr jahon chempionatiga borib, shundan so‘ng unga yangi shartnoma taklif qilinishini ham istisno qilmadi va markaziy himoyachilar yoshi ulg‘aygani sari yanada pishib borishini qo‘shimcha qildi. U so‘nggi besh-olti haftadagi o‘yinlar Maguayr nimalarga qodirligini yana bir bor eslatganini aytdi.
Ma’lumot uchun, Maguayrning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!