Kimmix Dortmundga ikkinchi bo'lim og'ir bo'lishini aytdi

"Bavariya" yarimhimoyachisi Yozua Kimmix Bundesligada Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yin (3:2) yakunlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Myunxen klubi tanaffusga qadar minimal hisobda ortda qolgan edi. Biroq 70-daqiqaga kelib Garri Keynning dublidan so'ng mezbonlar oldinga chiqdi. 83-daqiqada "Borussiya" hisobni tenglashtirdi, ammo ko'p o'tmay "Bavariya" yana gol urib, ustunlikni saqlab qoldi. G'alaba goli muallifi Kimmix bo'ldi.
"Bugun ko'p jismoniy kurash va xatolar bo'ldi, ayniqsa birinchi bo'limda. O'yin ritmi tez-tez buzildi. Ikkinchi bo'limda esa uchrashuv ancha dinamiklashdi. Tanaffusda "Borussiya"ga Chempionlar ligasidagi o'yinlar sabab tig'iz taqvim fonida bu tempni ushlab turish qiyin bo'lishini tushungandik. Yakunda ustunlik biz tomonda bo'lishini bilardik va, baxtimizga, shu imkoniyatdan foydalandik", — deya Kimmixning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Ushbu g'alabadan so'ng "Bavariya" turnir jadvalida "Borussiya"dan uzoqlashib, farqni 11 ochkogacha yetkazdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!