Semenyo Lidsga qarshi o'yinni juda murakkab deb baholadi

"Manchester Siti" qanot hujumchisi Antuan Semenyo "Lids"ga qarshi o'tgan uchrashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Semenyoga ko'ra, bahs nihoyatda og'ir kechgan: ayrim vaziyatlarda raqib jamoaga jiddiy bosim o'tkazib, "Siti" futbolchilarini ancha qiynagan. Uning aytishicha, o'yin yakunida maydonda charchagan futbolchilarni ko'rish — uch ochko uchun sarflangan katta mehnat va kuchning natijasi. Semenyo bu g'alabani ajoyib natija sifatida ta'rifladi.
Angliya chempionatining 28-turida "Manchester Siti" safarda "Lids"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Yagona gol muallifi — Semenyoning o'zi bo'ldi.
Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam "Arsenal"dan ikki ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!