AFC Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlarini ko'chirishga qaror qildi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) mintaqaviy Chempionlar Ligasi doirasidagi bir qator uchrashuvlar boshqa sanalarga ko'chirilganini ma'lum qildi. O'yinlar Abu-Dabi, Dubay va Dohada o‘tkazilishi belgilangan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qarorga Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi harbiy keskinlik sabab bo‘ldi. Xabarda qayd etilishicha, Eron tomonidan uchirilayotgan snaryadlar mintaqadagi qo‘shni davlatlar hududiga ham yetib bormoqda, bu yerlarda AQSh harbiy bazalari joylashgan.
AFC bayonotida tashkilot vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishi va futbolchilar, jamoalar, rasmiylar hamda muxlislar xavfsizligini ta'minlash masalasida qat'iy pozitsiyada ekani ta'kidlandi.
Uchrashuvlar 2–3 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Hozircha yangi sanalar yoki o‘yinlar o‘tkaziladigan joylar bo‘yicha aniqlik kiritilmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!