Manchester Yunayted Kristal Pelasga qarshi tarkibini e'lon qildi

Yakshanba kuni «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi doirasida o'z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qiladi. «Qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Karrik uchrashuvni ilk daqiqalardan boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Asosiy tarkib quyidagicha: Lammens, Dalot, Maguayr, Yoro, Shou, Mainu, Kazemiro, Fernandesh, Mbeumo, Kun'ya, Sheshko.
Jamoalar bahsni 19:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlaydi. Uchrashuvdagi asosiy voqealarni LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.
Agar «Manchester Yunayted» ushbu o'yinda g'alaba qozonsa, Premyer-liga turnir jadvalida uchinchi o'ringa ko'tariladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing