Lyuk Shou Manchester Yunayteddagi navbatdagi jarohatini oldi

Lyuk Shou Manchester Yunayteddagi navbatdagi jarohatini oldi

Manchester Yunayted” himoyachisi Lyuk Shou yana jarohat oldi. APLning “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinida u birinchi bo‘lim davomida almashtirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Shou “Manchester Yunayted” safidagi faoliyati davomida bungacha 28 marta turli jarohatlar bilan safdan chiqqan edi. Yangi muammo uning klubdagi 29-jarohati sifatida qayd etildi.

Shou 2014 yil yozida “Sautgempton”dan ko‘chib o‘tganidan beri “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. So‘nggi ikki mavsum — 2023/2024 va 2024/2025 yillarda u olti jarohat sabab 101 ta uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

“Manchester Yunayted” — “Kristal Pelas” bahsini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar