date

Emre Jan jarohat sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydi

Emre Jan jarohat sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydi

Dortmundning “Borussiya” klubi tayanch yarim himoyachisi Emre Jan yaqin oylar davomida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda “qora-sariqlar”ning rasmiy sayti xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jan Bundesliganing 24-turida “Bavariya”ga qarshi o‘yinda (2:3) jarohat oldi. Tekshiruvlar futbolchining chap tizzasidagi xochsimon bog‘lam uzilganini ko‘rsatdi va u bir necha oy safdan chiqdi. Natijada, Jan joriy chempionatning qolgan qismida ham maydonga qaytmaydi.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, 32 yoshli futbolchining bozor qiymati 6 million yevroga baholanmoqda. U bu mavsum “Borussiya” safida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urgan. Mavsum boshida esa u son mushagi jarohati tufayli bir muddat o‘yinlarni o‘tkazib yuborgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Emre Jan jarohat sabab bir necha oy maydonga tusha olmaydi