date

Qatarda xavfsizlik sabab barcha futbol bahslari to'xtatildi

Qatarda xavfsizlik sabab barcha futbol bahslari to'xtatildi

Qatar futbol assotsiatsiyasi mamlakat bo'ylab barcha futbol o'yinlari va musobaqalari vaqtincha to'xtatilganini ma'lum qildi. Qayta boshlanish sanasi hozircha e'lon qilinmadi — turnirlar keyingi xabargacha pauzada. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Vaziyat fonida mart oyi oxirida Qatar maydonlarida o'tishi kerak bo'lgan Finalissima ham ko'chirilishi mumkin. Unda Argentina va Ispaniya terma jamoalari sovrin uchun bahs olib borishi kerak edi.

Eslatib o'tamiz, AQSh avvalroq Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlanganini bildirgan. Mojaro bir qator mamlakatlarga, jumladan Qatar hududiga ham ta'sir qilgani aytilmoqda. Mintaqada xavf yuqori bo'lgani uchun futbol uchrashuvlarini o'tkazish imkonsiz.

Yozda esa jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Umid shuki, o'sha paytga kelib global vaziyat barqarorlashib, sport tadbirlari xavfsiz muhitda o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Qatarda xavfsizlik sabab barcha futbol bahslari to'xtatildi