Nagelsmann Goretzka nega Germaniya terma jamoasiga zarur ekanini aytdi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann “Bavariya” yarim himoyachisi Leon Goretzkaga tayanishda davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Havbek joriy mavsum yakunidan so‘ng Myunxen klubini tark etishi kutilmoqda, biroq milliy jamoadagi o‘rni hanuz muhimligicha qolmoqda.
Nagelsmannning ta’kidlashicha, Goretzka bu mavsum “Bavariya”da ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan bo‘lsa-da, u saralash bahslaridagi roliga yaqin vazifada 2026 yilgi Jahon chempionatida ham foydali bo‘lishi mumkin. Murabbiy uning jarima maydoniga o‘tkir yorib kirishi, havodagi kurashdagi ustunligi va jismoniy quvvatini alohida qayd etdi. U Shimoliy Irlandiyaga qarshi uchrashuvni eslab, Goretzkasiz g‘alaba qozonish qiyin bo‘lganini, u ko‘plab epizodlarda bosh bilan to‘pni uzoqlashtirib jamoani qutqarib qolganini aytdi. Nagelsmann fikricha, JCh-2026da ham Germaniya yuqoridan pressing qiladigan, raqib esa uzoq uzatmalarga o‘tadigan vaziyatlar ko‘p bo‘ladi va bunday paytda Goretzkaning fazilatlari juda asqatadi.
Oy oxirida Germaniya terma jamoasi Shveysariya va Ganaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!