date

Holand qaysi hujumchilardan o'rnak olganini ma'lum qildi

Holand qaysi hujumchilardan o'rnak olganini ma'lum qildi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand o'zining shakllanishiga va futbolchi sifatida o'sishiga katta ta'sir ko'rsatgan yulduzlar haqida gapirib berdi. Norvegiyalik to'purar yoshligida aynan kimlarning o'yinini kuzatib, ulardan mahorat o'rganganini yashirmadi.

Holandning so'zlariga ko'ra, u Zlatan Ibragimovichning o'yin uslubini, «Manchester Siti» safida porlagan Serxio Agueroning harakatlarini diqqat bilan kuzatgan. Shuningdek, «Arsenal» safida ajoyib mavsum o'tkazgan Robin van Persining chap oyoqdagi kuchli zarbalari unga katta taassurot qoldirgan. Bundan tashqari, u «Lester» hujumchisi Jeymi Vardining tezkorligini alohida e'tirof etdi.

Hozirgi kunda o'z o'yinini takomillashtirishda davom etayotgan yulduz hujumchi maydondagi vazifalariga ham to'xtaldi. Uning ta'kidlashicha, himoyachilar ortiga yugurish va bo'sh hududlar yaratish uning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu harakatlar nafaqat o'ziga, balki jamoadoshi Fil Foden uchun ham qulay imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Holand qaysi hujumchilardan o'rnak olganini ma'lum qildi