Qirollik klubi Yurgen Klopp nomzodini jiddiy ko'rib chiqmoqda

Ispaniyaning "Real Madrid" klubi bosh murabbiylik lavozimi uchun asosiy nomzod sifatida Yurgen Kloppni ko'rmoqda. Sky Sports nashrining xabar berishicha, madridliklar rahbariyati germaniyalik mutaxassisning ish uslubi va uning jamoalarni uzoq muddatli muvaffaqiyat sari yetaklash qobiliyatini yuqori baholaydi. Klub mutasaddilari bir necha yildan buyon Kloppning faoliyatini diqqat bilan kuzatib kelmoqda.
Hozircha tomonlar o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani yo'q. Shunga qaramay, agar Yurgen Klopp katta futbolga qaytishga qaror qilsa, "Real Madrid" uning uchun eng jozibador variantlardan biri bo'lishi kutilmoqda. Mutaxassisning xarizmasi va taktik bilimlari "qaymoqranglilar" falsafasiga mos kelishi ta'kidlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Yurgen Klopp 2024 yil yozida "Liverpul" bilan xayrlashgan edi. Shundan so'ng u 2025 yil yanvar oyidan boshlab "Red Bull" tizimida faoliyat yurita boshladi. Avvalroq matbuotda Kloppning "Atletiko" bilan muzokaralar olib borayotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Biroq hozirgi vaziyatda "Real Madrid" varianti ko'proq e'tibor markazida turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!