An Nasr Neomga qarshi o'yinda Krishtianu Ronaldu maydonga tushmaydi

Saudiya Proligasining 25 turidan o'rin olgan navbatdagi qiziqarli bahs bugun bo'lib o'tadi. Unda "An Nasr" klubi o'z maydonida "Neom" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da start olishi belgilangan.
O'yin oldidan mezbonlar o'zlarining asosiy tarkibini e'lon qildi. Biroq muxlislar uchun biroz noxush xabar bor: jamoa sardori Krishtianu Ronaldu jarohati sababli ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Portugaliyalik yulduzning yo'qligi jamoa hujum chizig'ida qanday o'zgarishlar yasashi barchaga qiziq.
Ayni damda "An Nasr" turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Ularning raqibi "Neom" esa musobaqa jadvalida sakkizinchi pog'onada bormoqda. "An Nasr" tarkibida bugun Bento, Boushal, Simakan, Amri, Martines, Brozovich, Anjelo, Koman, Mane, Feliks va Al Hamdan kabi futbolchilar maydonga tushishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!