"Inter Mayami"da navbatdagi g‘alaba. Messi 899-golini urdi (video)

MLSning navbatdagi turida "Inter Mayami" "Di Si Yunayted" mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Inter Mayami" safidagi gollarga Lionel Messi va Rodrigo de Paul mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona golini Baribo urishga erishdi. Ushbu gol Messining faoliyatidagi 899-goli bo‘ldi.
MLS. 3-tur
Di Si Yunayted — Inter Mayami 1:2
Gollar: Baribo 75 – de Paul 17, Messi 27.
Inter Mayami – Slair, Mura, Falkon, Silva, Allen, Silvetti (Allende, 71), de Paul, Brayt, Segoviya (Lujan, 88), Berterame, Messi.
Natijada Xaviyer Maskerano jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetkazib oldi. Mezbonlarda esa 3 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing