Barselona Fil Foden transferi ustida ishlamoqda

Ispaniyaning "Barselona" klubi yozgi transferlar vaqtida "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Fil Foden bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar ingliz futbolchisini o'z safiga qo'shib olish uchun jiddiy urinib ko'radi.
Hozirda 25 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Tomonlar o'rtasida yangi bitim bo'yicha muzokaralar 2025 yil noyabr oyidan buyon davom etayotgan bo'lsa-da, hamon yakuniy kelishuvga erishilmagan. Aynan shu noaniqlik "Barselona" uchun qulay imkoniyat eshigini ochishi mumkin.
Transfermarkt portali Fil Fodenning bozor qiymatini 80 million yevro deb baholamoqda. Futbolchi "Manchester Siti" safida o'tkazgan 358 ta uchrashuvda 110 ta gol urib, 66 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Agar tomonlar kelishuvga erisha olmasa, yozda katta transfer shov-shuvi yuz berishi ehtimoli yuqori.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!