Manchester Siti yulduzi Erling Holand soqol o'stira boshladi

"Manchester Siti" klubi hujumchisi Erling Holand o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislariga kutilmagan yangilikni ma'lum qildi. Norvegiyalik to'purar futbolchi tashqi ko'rinishini o'zgartirishga qaror qilib, soqol o'stira boshlaganini namoyish etdi. U o'z sahifasiga joylagan suratda yuzidagi o'zgarishlar yaqqol ko'zga tashlanadi.
Ushbu post ostida "Liverpul" yarimhimoyachisi Dominik Soboslai ham o'z munosabatini bildirdi. U izoh qismida shubha bildiruvchi emojilarni qoldirdi, chunki Holandning soqoli juda sekin o'smoqda va bu holat futbolchi do'stlari orasida hazil-mutoyibaga sabab bo'ldi. Shunga qaramay, muxlislar hujumchining bu yangi qiyofasini ijobiy qabul qilishdi.
Ma'lumot uchun, Erling Holand "Manchester Siti" bilan 2034 yil yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga ega. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 200 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda u Angliya premer ligasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urishga va 7 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. Avvalroq, norvegiyalik yulduz Yevropaning top 5 ligalarida eng ko'p maosh oluvchi futbolchi ekani ham xabar qilingan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!