date

"Siti" "Real"ga qarshi tarkibni e’lon qildi: Husanov o‘yinga tushadimi?

"Siti" "Real"ga qarshi tarkibni e’lon qildi: Husanov o‘yinga tushadimi?

Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida futbol muxlislarini yana bir katta to‘qnashuv kutib turibdi: «Manchester Siti» «Real»ga qarshi maydonga tushadi. Bu juftlik oxirgi yillarda chempionlar ligasining eng ko‘p muhokama qilinadigan qarama-qarshiliklaridan biriga aylanib ulgurgan — har safar maydonda ham, maydon tashqarisida ham alohida havo bo‘ladi.

Pep Gvardiola mazkur bahs oldidan «shaharliklar»ning rasmiy qaydnomasini e’lon qildi. E’tiborlisi, ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham joy oldi. Demak, o‘zbek futbolchisi yana bir bor Yevropaning eng yuqori sahnasida ko‘rinish berish imkoniyatiga ega.

Gvardiola tanlovi jamoaning ambitsiyasini ham ko‘rsatadi: tarkibda tajriba, kuch va tezlikni birlashtirgan futbolchilar yig‘ilgan. Darvoza chizig‘ida Donnarumma, Trafford va Bettinelli kabi variantlar bor. Himoyada esa Nunes, Alleyn, Husanov, Gehi, Stounz, Diash, Ake va Ayt-Nuri kabi o‘yinchilar orqali barqarorlik ta’minlanishi kutilmoqda.

Yarimhimoyada Rodri, Niko, O’Rayli, Reynders, Bernardu Silva, Rayan Sherki va Fil Foden kabi futbolchilar o‘yin ritmini ushlab turish, to‘p nazorati va bosimni to‘g‘ri taqsimlashda asosiy rol o‘ynashi mumkin. Hujum chizig‘ida esa Semeno, Savinio, Marmush, Xoland va Dok-u — gol va tezlikka javob beradigan “portlovchi” liniya.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» — «Real» uchrashuvi 11-mart sanasiga belgilangan. Muxlislar esa allaqachon bitta savolni aylantira boshladi: bu kechada kimning rejasi kuchli chiqadi — “Bernabeu” tajribasimi yoki “Etihad” taktikasimi?

Qaydnoma:

— Darvozabonlar: Janluiji Donnarumma, Jeyms Trafford, Bettinelli.

— Himoyachilar: Nunes, Alleyn, Abduqodir Husanov, Mark Gehi, Jon Stounz, Ruben Diash, Natan Ake, Ait-Nuri.

— Yarimhimoyachilar: Rodri, Niko, O’Rayli, Reynders, Bernardu Silva, Rayyan Sherki, Fil Foden.

— Hujumchilar: Antuan Semenyo, Savinio, Omar Marmush, Erling Holand, Jeremi Dok-u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Siti" "Real"ga qarshi tarkibni e’lon qildi: Husanov o‘yinga tushadimi?