Messi hakam bilan bog‘liq mojaroga izoh berdi

Messi hakam bilan bog‘liq mojaroga izoh berdi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi hakam bilan bog‘liq mojaro haqida gapirdi, deb yozadi Kun.uz. U hakam assistentini haqorat qilgani uchun JCh-2018 Janubiy Amerika saralashida milliy terma jamoaning navbatdagi to‘rtta uchrashuvida qatnasha olmaydigan bo‘ldi. Unga shuningdek, 10 ming evro miqdorida jarima qo‘llandi.

Argentina Messi ishtirok etmagan Boliviyaga qarshi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va JCh-2018 saralashi Janubiy Amerika mintaqasida beshinchi o‘ringa tushib ketdi. Jamoa keyingi turda Urugvay maydoniga safar qiladi.

«Mening so‘zlarim referi yordamchisiga qaratilmagandi. Men ularni shunchaki havoga qarab aytdim», - deya Messining so‘zlarini keltiradi La Nacion.

Avvalroq «Barselona» Lionelning chetlashtirilishidan darg‘azab ekani haqida rasmiy bayonot bilan chiqqandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar