Yurgen Klopp «Real» mish-mishlariga hazil bilan munosabat bildirdi

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Real» bilan bog‘liq tarqalayotgan mish-mishlar va taxminlarga o‘z munosabatini ochiq bildirdi. Germaniyalik mutaxassis jurnalistlarga, bunday xabarlarning aksari bema’ni va asossiz ekanini aytdi.
U hazil qilib: «Menga haqiqatda «Real»dan qo‘ng‘iroq bo‘lishi kerak, unda: «Florentino Peres! Yurgen, ahvoling yaxshimi?» deyishi kerakmi yoki sun’iy intellekt yordamida qandaydir bema’ni narsalarni tarqatish yetarlimi? Bu meni asabiylashtiradi.
Sizlarga biroz intizom kerak. Bularning barchasi bema’ni gaplar. «Real»dan menga hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q.», dedi.
Klopp shuningdek «Atletiko»ni ham boshqarish haqida hazil qilib, ikki jamoani bir vaqtda boshqarish imkoniyatlari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda «Real»dan hech qanday rasmiy taklif olmagan va mish-mishlar hamma vaqt asossiz bo‘lishi mumkin.
«Men «Atletiko»ni ham boshqaraman, yaxshisi ikkalasini bir vaqtda. Uzr, «Real», avval siz qo‘ng‘iroq qiling!» — dedi Klopp jurnalistlarga hazil aralash tarzda.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp 2015–2024-yillar oralig‘ida «Liverpul»ni boshqargan va uning kelgusi faoliyatida Germaniya milliy terma jamoasiga yoki Yevropa klublaridan birida bosh murabbiy bo‘lishi ehtimoli muhokama qilinmoqda. Muxlislar orasida Kloppning ochiq va yumorli munosabati katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!