Donnarumma penaltilar seriyasi paytida hayratlanarli voqeaga uchradi...

Jahon chempionati–2026 yo‘llanmasi saralashi doirasidagi Bosniya va Gersegovina hamda Italiya o‘rtasidagi dramatik bahsning penaltilar seriyasida yana bir eʼtiborga molik voqea sodir bo‘ldi. Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma nafaqat raqibning qog‘ozini yirtdi, balki o‘z eslatmalaridan ham ayrildi va emotsional holatda o‘zini yo‘qotdi.
Italiya terma jamoasi seriyada 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, Jahon chempionatidan chiqdi va Donnarumma birorta ham zarbani to‘sish imkoniga ega bo‘lmadi. “SportSport” nashri xabar berishicha, maydon chetida to‘p uzatib turgan bosniyalik yosh futbolchi qulay fursatdan foydalanib, darvozabonning yonidagi qog‘ozni o‘g‘irlab ketgan. Ushbu qog‘ozda bosniyalik futbolchilarning penaltini qaysi tomonga tepishi haqidagi ko‘rsatmalar yozilgan edi.
Shundan so‘ng "Manchester Siti" darvozabonining asabiylashgani va o‘zini nazorat qila olmasligi kuzatildi. Bu voqea shuni ko‘rsatadiki, bosniyaliklar nafaqat maydonda, balki uning atrofida ham italyanlardan ustunlikni namoyish etishdi. Muxlislar uchun ushbu vaziyat Italiya futboli tarixidagi eng omadsiz va mashʼum kunlardan biri sifatida xotirada qoladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!