Bivol uchun Beterbiyev va Benavides asosiy raqiblar sifatida ko‘rilmoqda

Sport1 daqiqa o'qish259
Bivol uchun Beterbiyev va Benavides asosiy raqiblar sifatida ko‘rilmoqda

Yarim og‘ir vazn toifasida jahon chempioni hisoblangan Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov shogirdining kelgusi rejalari va ehtimoliy raqiblari haqida fikr bildirdi. Uning taʼkidlashicha, chempion oldida muhim va jiddiy sinovlar hali oldinda.

Mashyanovning so‘zlariga ko‘ra, Artur Beterbiyev bilan uchinchi jang tashkil etish rejasi kun tartibida bor. Biroq murabbiy hozircha boshqa raqiblarni ham eʼtibordan chetda qoldirmaslik kerakligini alohida taʼkidladi.

«Albatta, Beterbiyev bilan uchinchi to‘qnashuv rejada bor. Lekin shu bilan birga boshqa raqiblarni ham “orqa fon”da qoldirib qo‘ymasligimiz kerak. Xudo xohlasa, keyingi variantlarni ko‘rib chiqamiz. Ularning soni ko‘p emas — Artur Beterbiyev va Devid Benavides», — dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Bivol va Beterbiyev o‘rtasidagi avvalgi ikki jang ham juda keskin va teng kurash ostida o‘tgan. Har ikki bellashuv ham to‘liq 12 raund davom etgan va bokschilar bir martadan g‘alaba qozonib, hisobni tenglashtirishgan. Shu bois ehtimoliy uchinchi jang haqiqiy megaqarshilik sifatida kutilayotgani bejiz emas.

Maʼlumot uchun, 30 may kuni Yekaterinburg shahrida Dmitriy Bivol nemis sportchisi Mixael Ayfertga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jangda u yarim og‘ir vazndagi WBA, IBF va WBO kamarlarini himoya qiladi.

Qisqasi, Bivol oldida tanlov katta emas, lekin har bir variant — top-level. Demak, keyingi janglar “oddiy fayt” emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarix yoziladigan kechalar bo‘ladi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?