date

“Bornmut” klubining yangi yulduzi Yevropa klublarini hayratlantirmoqda...

“Bornmut” klubining yangi yulduzi Yevropa klublarini hayratlantirmoqda...

“Bornmut”ning ajoyib topilmasi – 19 yoshli futbolchi Rayan hozirda Yevropaning eng kuchli klublari diqqat markazida.

TEAMtalk maʼlumotiga ko‘ra, braziliyalik yosh hujumchining noyob va sirli isteʼdodi “Real Madrid”, “Pari Sen-Jermen”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” kabi qudratli jamoalarning skautlarini jiddiy qiziqtirib qo‘ydi. Maxsus kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, ular Rayanning maydondagi harakatlaridan “chuqur taassurot olgan”.

Rayan yanvar oyida Braziliyaning “Vasko da Gama” klubidan Angliya Premyer-ligasida o‘ynash uchun “Bornmut”ga ko‘chib o‘tdi.

“Bornmut”ning asosiy hujumchisi Antuan Semenyo 2026 yil boshida "Manchester Siti"ga o‘tib ketganilan so‘ng Rayan yangi jamoasida tezda o‘zini ko‘rsatdi va klubning eʼtiborli hamda ko‘zga ko‘ringan futbolchilari ro‘yxatiga kirdi.

Maʼlum qilinishicha, uning shartnomasida taxminan 100 million yevroga sotib olish imkonini beruvchi maxsus band mavjud. Hozirda Transfermarkt portali Rayanni 40 million yevro deb baholamoqda.

Yosh futbolchi o‘zining ajoyib harakatlari va maydondagi taʼsirli o‘yini bilan muxlislarni quvontiradi hamda Yevropa klublari o‘rtasida so‘zsiz diqqat markaziga aylanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Bornmut” klubining yangi yulduzi Yevropa klublarini hayratlantirmoqda...