date

“Real”ning chempionlik orzulari pasaydi, “Barselona”da 92% imkoniyat...

“Real”ning chempionlik orzulari pasaydi, “Barselona”da 92% imkoniyat...

Ispaniya La Ligasining 30-turida “Real” Madrid safarda “Malorka”ga (0:1) mag‘lub bo‘lib, chempionlikka bo‘lgan ehtimollari keskin pasayib ketdi.

Opta superkompyuteri hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Real”ning chempionlikka intilish imkoniyati 8 foizgacha kamaygan. Shu bilan birga, “Barselona”ning chempionlikka erishish imkoniyati 92 foizga yetgan, yaʼni u chempionlik uchun asosiy favorit hisoblanadi.

“Atletiko” va “Vilyarreal” esa chempionlik uchun hamma imkoniyatlardan mahrum bo‘lgan, ularning natijalari juda kutilgan bo‘lsada, chempionlik uchun kurashda ushbu ikki jamoa ishtirok etmasligi mumkin.

Maʼlumot o‘rnida, “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv La Liga doirasida 10 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu bahs klublar o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuv bo‘lishi mumkin, shunda “Barselona”ning yoki “Real”ning chempionlik uchun boradigan imkoniyatlari yana-da aniqroq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Real”ning chempionlik orzulari pasaydi, “Barselona”da 92% imkoniyat...