Shomurodov dubli “Istanbul Bashakshehir”ga yirik ustunlik berdi (video)

Turkiya Superligasi 29-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” o‘z maydonida “Genchlerbirligi”ni qabul qildi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start olgan bo‘lib, bahs yuqori surʼat va faollikda o‘tmoqda.
Mezbonlar safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi. Yarimhimoyachi Abbos Fayzullayev esa jarohat sabab ushbu uchrashuvni o‘tkazib yubormoqda.
Birinchi bo‘limda “Istanbul Bashakshehir” raqib ustidan to‘liq ustunlikni qo‘lga kiritdi. Hisob tablosida jamoa yirik farq bilan oldinda bormoqda:
Turkiya Superligasi. 29-tur
“Istanbul Bashakshehir” – “Genchlerbirligi” 3:0
Gollar: Eldor Shomurodov 9‘, Eldor Shomurodov 40‘, Bertug Ozgyur Yildirim 42‘.
Mezbonlar tarkibi: Muhammed, O‘mer Ali, Duarte, Opoku, Operi, Kemen, Umut, Yusuf, Shomurodov, Brnich, Bertug‘.
Dastlabki taym yakunlanib, jamoalar tanaffusga chiqdi. Ikkinchi bo‘lim yaqin orada boshlanadi va tomoshabinlarni yana qiziqarli daqiqalar kutib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!