“Beshiktosh” muxlislari hakamlarga qizil kartochka ko‘rsatdi...

“Beshiktosh” muxlislari hakamlarga qizil kartochka ko‘rsatdi...

Turkiya Superligasining 29-turi doirasida “Beshiktosh” o‘z maydonida “Antalyaspor” jamoasini qabul qildi. Uchrashuv atrofidagi asosiy eʼtibor esa o‘yindan ko‘ra tribunalardagi holatlarga qaratildi.

Mazkur bahs davomida “Beshiktosh” muxlislari o‘tgan turda “Fenerbaxche”ga qarshi o‘yinda hakam tomonidan qabul qilingan bahsli qarorlarga nisbatan o‘z noroziligini madaniyatli tarzda ifoda etishdi.

Xususan, stadionda hakamlar tarkibi eʼlon qilinayotgan vaqtda va uchrashuv boshlanishidan oldin muxlislar qo‘llarida qizil kartochkalarni baland ko‘targan holda norozilik kayfiyatini ko‘rsatishdi.

Bu holat muxlislar o‘z fikrini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon etmagan holda, ramziy va tartibli uslubda bildirishi bilan eʼtiborga tushdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar