Ronaldu va Feliksning gollari “An Nasr”ga muhim g‘alaba keltirdi

Saudiya Proligasining 28-turida “An Nasr” mehmon sifatida “Al Ohdud”ga qarshi maydonga tushib, ishonchli o‘yin namoyish etdi. Riyod klubi uchrashuvni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, muhim uch ochkoga ega bo‘ldi.
O‘yinda hisobni dastlab jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu ochdi. U uchrashuvning 15-daqiqasida o‘z faoliyatidagi 968-golini kiritib, yana bir tarixiy natijaga erishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Joau Feliks hisobni ikki barobarga oshirib, g‘alabani mustahkamladi.
Uchrashuv davomida “An Nasr” ustunlikni qo‘lga olib, raqibga katta imkoniyat qoldirmadi. Himoya va hujum chizig‘idagi barqaror o‘yin Riyod klubiga to‘liq nazoratni saqlash imkonini berdi.
Saudiya Proligasi. 28-tur
“Al Ohdud” – “An Nasr” 0:2
Gollar: Ronaldu 15‘, Feliks 47‘
“An Nasr” tarkibi: Bento, Bushal, Simakan, Amri, Ayman, Brozovich, Anjelo (G‘arib, 82), Koman (Al Haybari, 67), Mane, Feliks, Ronaldu (Al Hamdan, 82).
Shu natijadan so‘ng “An Nasr” ochkolari sonini 73 taga yetkazib, chempionlik poygasida bosimni kuchaytirdi. Jadvalda “Al Hilol” 68 ochko bilan ikkinchi, “Al Ahli” esa 66 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!