date

Flik: “Atletiko”ga qarshi javob bahsida o‘z uslubimizdan chekinmaymiz

Flik: “Atletiko”ga qarshi javob bahsida o‘z uslubimizdan chekinmaymiz

Chempionlar Ligasi chorakfinali doirasidagi “Atletiko”ga qarshi javob uchrashuvi oldidan “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa o‘z o‘yin uslubiga sodiq qolishi shartligini taʼkidladi.

Flikning aytishicha, ular raqibga qarshi kuchli va uyushgan kurash taklif qilishni maqsad qilgan. Uning fikricha, katta natija uchun moʻjiza kerak emas — asosiysi, jamoa o‘z futbolini to‘liq namoyon eta olishi.

— “Bizga moʻjiza shart emas, faqat o‘z futbolimizni ko‘rsatishimiz kerak. Buni amalga oshirishga qodirmiz. Imkoniyatlarimiz ham yetarli darajada ko‘p”, — dedi murabbiy.

Flik “Atletiko”ni yuqori saviyadagi, tajribali jamoa sifatida baholar ekan, biroq “Barselona” ham ular bilan teng kuchda ekanini urg‘uladi. U jamoa oxirigacha kurashishini va muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi hal qiluvchi rol o‘ynashiga ishonch bildirdi.

Bu bayonot “Barselona”ning “Espanyol”ga qarshi derbidagi yirik g‘alabasi (4:1)dan keyin berildi. Jamoa hozir yuqori kayfiyatda javob uchrashuviga tayyorlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik: “Atletiko”ga qarshi javob bahsida o‘z uslubimizdan chekinmaymiz