«Milan» Kolashinats va Musakkoning transferini og‘zaki kelishib oldi

«Milan» Kolashinats va Musakkoning transferini og‘zaki kelishib oldi
"Shalke" klubi qanot himoyachisi Sead Kolashinats hamda "Vilyarreal" jamoasi markaziy himoyachisi Mateo Musakko yozda "Milan" tarkibini to‘ldirishi mumkin.

Bu haqida Football Italia nashriga asoslanib Uff.uz xabar tarqatdi.

Ma’lumotga ko‘ra, milanlik klub yangi bosh direktori Marko Fassone va sport direktor Massimiliano Mirabelli ikkovining transferi haqida og‘zaki kelishuvga erishishgan va "Milan" xitoyliklarga sotilishini kutishmoqda.

23 yoshli Kolashinasni italiyaliklar tekinga qo‘lga kiritsalar, 26 yoshli Musakko uchun kamida 15 million yevrodan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar