
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi doping tekshiruvlaridan so‘ng ana shunday qarorga keldi. Tashkilotning rasmiy saytiga tayanib Sputnik yozishicha, Taymazovning tahlil natijalari qayta doping tekshiruvdan o‘tkazilganida uning tarkibida taqiqlangan turinabol va stanozolol moddalari borligi aniqlangan.
Taymazov Pekindagi o‘yinlarda finalda rossiyalik Baxtiyor Ahmedovni enggandi. Endi oltin medal Ahmedovga topshiriladi.
XOQ shuningdek ukrainalik kurashchi Vasiliy Fedorishin va rossiyalik og‘ir atletikachi Svetlana Sarukaevalarni ham medallaridan mahrum qildi. Sportchilar olgan sovrinlarini qaytarib berishlariga to‘g‘ri keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar