
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Real" va "Atletiko" o‘rtasida kechadigan o‘yin haqida fikr bildirdi, deb yozadi "Uff.uz".
"O‘yin soat nechada? Kunduzgi to‘rtda? Ha, balki men uni tomosha qilarman, agar tushlikdan so‘ng uxlab qolmasam, albatta.
Bu o‘yinda "Atletiko"ning imkoniyatlari "Real" bilan bir xilda. Har ikki jamoaga ham ochko kerak va bunday o‘yinlar har doim o‘zgacha kechadi.
O‘yin qayerda o‘tishi esa uning taqdiriga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ammo oxirgi yillarda bu hal qiluvchi ahamiyat kasb etmasligini ko‘rdik. Bizni juda qiziqarli o‘yin kutib turibdi", - deydi Enrike. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar