Neymar hakamga istehzoli munosabati uchun diskvalifikasiya qilinib, «Real»ga qarshi o‘yinni qo‘yib yuborishi mumkin

Neymar hakamga istehzoli munosabati uchun diskvalifikasiya qilinib, «Real»ga qarshi o‘yinni qo‘yib yuborishi mumkin
Barselona” jamoasi hujumchisi NeymarMalaga”ga qarshi (0:2) uchrashuvning 65-daqiqasida ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etgandi, deb yozadi Uff.uz sayti.

Braziliyalik futbolchi maydonni tark etayotganida zaxira hakamiga nisbatan istehzoli qarsak chalib, tribuna ichiga kirib ketdi.

Neymar “Real Sosedad”ga qarshi 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga 32-turini aniq qo‘yib yuboradi. Agar La Liga nazorat-intizim qo‘mitasi Neymarni sportga xos bo‘lmagan xatti-harakati bo‘yicha jazolasa, u 2–3 o‘yinga diskvalifikasiya qilinishi mumkin.

Bu esa uning “Real”ga qarshi 23 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “El-Klasiko”dagi ishtirokini xavf ostiga soladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar