Arsenal jamoasi Jurrien Timberni mavsum oxirigacha yo‘qotishi mumkin

Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun kurashayotgan Arsenal jamoasi uchun noxush xabar keldi. Himoyachi Jurrien Timberning jarohati kutilganidan ham jiddiyroq bo‘lib chiqdi va u joriy mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Mikel Arteta shogirdining tiklanish jarayoni murakkab kechayotganini tan oldi. Mart oyida Everton bilan o‘yinda jarohat olgan futbolchi dastlab qisqa muddatga safdan chiqqani taxmin qilingan edi, biroq vaziyat kutilganidan ancha murakkablashdi.
Arsenal bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchining mavsum yakunigacha qaytishi borasida aniq va’da bera olmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Timberning maydonga qaytishi uchun barcha jarayonlar juda tez va muammosiz o‘tishi kerak, ammo vaqt tobora kamayib bormoqda.
Ayni damda Arsenal turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va Manchester Siti jamoasidan besh ochko oldinda bormoqda. Biroq himoya va yarim himoya chizig‘idagi yo‘qotishlar, xususan, Mikel Merino va Jurrien Timberning safdan chiqishi jamoa uchun jiddiy sinov bo‘lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!