date

Jose Mourinho Benfikadan ketadimi? Real Madridga qaytish ehtimoli oshmoqda

Jose Mourinho Benfikadan ketadimi? Real Madridga qaytish ehtimoli oshmoqda

Jose Mourinho Benfika bilan shartnomani uzaytirish borasidagi fikridan qaytgani va jamoa bilan xayrlashayotgani haqidagi xabarlar futbol olamida katta shov-shuvlarga sabab bo'lmoqda. Braga bilan kechgan 2:2 hisobidagi durangdan so'ng, portugaliyalik mutaxassis kelajagi borasida aniq va'da berishdan bosh tortdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mart oyida Mourinho Benfika bilan shartnomani ikki yilga uzaytirishga tayyorligini bildirgan edi. Biroq, hozirgi vaziyatda u o'z qarorini o'zgartirgan ko'rinadi. Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, u mavsumning hal qiluvchi pallasida shartnoma masalalari haqida o'ylashni istamaydi va barcha e'tiborini jamoaning mavsumdagi yakuniy vazifalariga qaratgan.

OAVda tarqalgan xabarlarga ko'ra, Real Madrid rahbariyati Alvaro Arbeloa o'rniga yangi bosh murabbiy izlamoqda. Jamoaning mavsum davomida sovrinsiz qolishi va Barselona chempionlikni himoya qilgani Mourinhoning Madridga qaytishi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.

Mourinho o'z futbolchilari haqida iliq fikrlar bildirib, ular bilan ishlashdan zavq olganini ta'kidladi. Shunga qaramay, u o'z kelajagi borasidagi qarorini faqat mavsum yakunlangach, Estorilga qarshi o'yindan so'ng e'lon qilishini ma'lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jose Mourinho Benfikadan ketadimi? Real Madridga qaytish ehtimoli oshmoqda