date

Xabi Alonso va Chelsi: yangi davr va katta vakolatlar

Xabi Alonso va Chelsi: yangi davr va katta vakolatlar

Real Madriddagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng, Xabi Alonso faoliyatini Chelsi klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Ko‘pchilik mutaxassislar ispaniyalik murabbiyning bu qarorini tavakkalchilik deb atamoqda, biroq klub rahbariyati bilan erishilgan kelishuvda muhim farq bor. Chelsi rasman Alonso bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan to‘rt yillik shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Oldingi murabbiylar Enzo Mareska va Liam Rosenior «bosh murabbiy» sifatida tanishtirilgan bo‘lsa, Alonso aynan «menejer» maqomida ish boshlaydi. Bu kichik farqdek tuyulishi mumkin, ammo u murabbiyga tarkibni shakllantirish va transfer siyosatida kengroq vakolatlar beradi. BlueCo konsorsiumi bu safar uzoq muddatli loyihaga tayyorligini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mareska Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganiga qaramay, 2025/26-yilgi mavsum o‘rtalarida iste’foga chiqarilgandi. Uning o‘rniga kelgan Liam Rosenior esa atigi uch yarim oy ishlay oldi. Jamoa ichidagi kelishmovchiliklar va yulduz futbolchilar bilan til topisha olmagani uning tezda ishdan ketishiga sabab bo‘ldi.

Xabi Alonso uchun ham asosiy sinov aynan kiyinish xonasidagi muhitni nazorat qilish bo‘ladi. Real Madridda Vinicius Junior va Jud Bellingem kabi yulduzlar bilan yuzaga kelgan tushunmovchiliklar uning obro‘siga putur yetkazgan edi. Endilikda Alonso Chelsi tarkibini birlashtirib, jamoani yangi cho‘qqilarga olib chiqishga urinib ko‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso va Chelsi: yangi davr va katta vakolatlar