date

Nutqim falokat boʻldi: Pep Guardiola Manchester Siti bilan xayrlashuv haqida

Nutqim falokat boʻldi: Pep Guardiola Manchester Siti bilan xayrlashuv haqida

Mavsum yakunida Manchester Siti bosh murabbiyligidan ketishini e’lon qilgan Pep Guardiola oʻz qarorini futbolchilarga ma’lum qilish jarayoni qanchalik hayajonli kechganini tan oldi. Afsonaviy kataloniyalik mutaxassisning soʻzlariga koʻra, kiyim almashtirish xonasidagi xayrlashuv nutqi u kutgandek silliq kechmagan va u oʻzini juda asabiy his qilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Manchester Siti rahbariyati Guardiolaning oʻn yillik muvaffaqiyatli faoliyatini munosib taqdirlash maqsadida shimoliy tribunaga uning nomini berish va stadion hududida haykal oʻrnatishga qaror qildi. Shuningdek, murabbiy klub bilan butunlay aloqani uzmaydi; u City Football Group tizimida global elchi sifatida faoliyatini davom ettirishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.

Matbuot anjumanida Pep Guardiola oʻz his-tuygʻulari bilan oʻrtoqlashdi: "Men oʻzimni baxtli va gʻururli his qilyapman. Bu hayotimdagi eng unutilmas tajriba boʻldi, aks holda bu yerda 10 yil qolmagan boʻlardim. Menga koʻrsatilgan mehr va muhabbat uchun cheksiz minnatdorman. Yakshanba kuni maydonda barchani quchoqlab, muxlislarim bilan munosib xayrlashmoqchiman".

Kiyim almashtirish xonasidagi holat haqida gapirar ekan, murabbiy shunday dedi: "Oʻsha nutq haqiqiy falokat boʻldi, men har qachongidan ham koʻproq asabiylashdim. Futbolchilarga bor gapni aytdim: bolaligimdan beri meni boshqarib kelgan oʻsha ishtiyoq va energiya kelajakda yetishmasligini his qilyapman. Oʻzimga va menga ishongan klubga nisbatan halol boʻlishim kerak edi".

Manchester Siti yakshanba kuni Angliya Premer-ligasining soʻnggi turida Aston Villa jamoasini qabul qiladi. Turnir jadvalida Arsenal jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni naqd qilgan "shaharliklar" oʻz murabbiyini gʻalaba bilan kuzatishga harakat qiladi. Dushanba kuni esa klubning barcha jamoalari ishtirokida tantanali parad oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nutqim falokat boʻldi: Pep Guardiola Manchester Siti bilan xayrlashuv haqida