
«Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi film 2015 yilning oktyabrida prokatga chiqadi. Bu haqda «TASS»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Kartina s’yomkasi bilan mashhur Universal Pictures kinokompaniyasi shug‘ullandi. Suratga olish ishlari 2014 yilning yanvar oyida boshlangandi va joriy yilning bahorida yakunlandi.
Ronaldu — futbol tarixidagi eng kuchli o‘yinchilardan biri hisoblanadi. U «Manchester Yunayted» tarkibida 3 marta Angliya chempionatida va bir marta Evropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan. Madridning «Real» klubida esa portugaliyalik futbolchi bir martadan Ispaniya chempionati va EChLda g‘alaba qilgan.
Ronaldu uch marta «Oltin to‘p» mukofotini, uch marta «Oltin butsa»ni va yana bir qancha jamoaviy hamda individual sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Krishtianu RonalduReal KlubiPortugaliya Terma JamoasiOltin To‘pOltin ButsaUniversal Pictures O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing