
Evropa ligasining 1/4 finalidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga etdi. Unda «Manchester Yunayted» «Anderlext»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Genrix Mxitaryan jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Hanni 32-daqiqada hisobni tenglashtirgandi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida raqib darvozasiga jamoalar yo‘l topa olishmadi. Natijada ikki o‘yin natijasiga ko‘ra durang qayd etilgach, overtaym belgilandi. Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida Markus Reshford tomonidan kiritilgan gol «Yunayted»ni yarim finalga olib chiqdi.
Evropa ligasi, 1/4 final
Javob uchrashuvi
Manchester Yunayted (Angliya) – Anderlext (Belgiya) 2:1 (1:1, 0:0, 0:0, 1:0)
Gollar: Mxitaryan (10), Reshford (107) – Xanni (32).
Manchester Yunayted: Romero, Roxo (Blind, 23), Bayi, Shou, Valensiya, Lingard (Fellayni, 60), Pogba, Kerrik, Mxitaryan, Reshford, Ibrahimovich (Marsyal, 91).
Anderlext: Martines, Mbodji, Obradovich, Appia, Spayich, Xanni (Stanchu, 64), Dendonker, Kipchu (Bruno, 64), Tilemans, Achimpong, Teodorchik (Telin, 79).
Ogohlantirishlar: Tilemans (11), Appia (97).
Dastlabki uchrashuv: 1:1. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar