12:33 / 21.04.2017
5 438

Neymar dunyoning eng nufuzli odamlari yuztaligiga kiritildi

Neymar dunyoning eng nufuzli odamlari yuztaligiga kiritildi
"Barselona" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar AQShning Time nashri talqiniga ko‘ra, 2017 yil holatiga ko‘ra dunyoning eng nufuzli kishilari yuztaligiga kirdi.

Nashr tahririyati ro‘yxatdagi odamlarni 5 toifaga ajratdi: "Titanlar", "Novatorlar", "San’at arboblari", "Etakchilar" va "Kumirlar". 25 yoshli braziliyalik futbolchi "Kumirlar" toifasidan o‘rin oldi. Ta’kidlash joizki, bu toifaga yana bir necha sportchilar kiritildi. Neymar bu ro‘yxatdan o‘rin olgan yagona futbolchsi bo‘ldi.

"Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu yangi raqibga ega bo‘lishdi. Neymar o‘z yurishini qilishga tayyor", deb yozdi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem Neymarga bergan qisqacha tavsifda. Bekxemdan buni qilishni nashr jurnalistlari iltimos qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar dunyoning eng nufuzli odamlari yuztaligiga kiritildi