23:12 / 21.04.2017
6 473

Uzbek Tigers Rossiyada mag‘lubiyatga uchradi

Uzbek Tigers Rossiyada mag‘lubiyatga uchradi
Bugun, 21 aprel kuni Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers bokschilari S guruhidagi so‘nggi uchrashuvini Patriot boxing team jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan jamoa Permga ikkinchi tarkibni olib ketgandi. Bu tarkib 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

52 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi sportchilar o‘rtasidagi bellashuv o‘tkazildi. O‘zbekistonning bu vazndagi vakili Abrorjon Qodirov Patriot Boxing Team jamoasi a’zosi Vyacheslav Tashkarakov ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Hakamlar Abrorjon Qodirovning 3:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.

60 kilogrammgacha bo‘lgan bokcchilar o‘rtasidagi jangda esa Rossiya vakili ustun keldi. Uzbek Tigers a’zosi Ulug‘bek Do‘stmurodov Patriot Boxing Team jamoasi a’zosi Konstantin Bogomazovga yutqazdi.

69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bahsda esa O‘zbekistondan Odil Aslanov Artyom Zaysevga qarshi ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi - 1:2.

Jamoalarning 81 kilogrammgacha bo‘lgan boskchilari bahsida ham ruslar vakili ustun keldi. Madiyor Saidrahimov Pavel Silyaginga mag‘lub bo‘ldi - 1:3.

Tur doirasidagi so‘nggi jang +91 kg vaznda Uzbek Tigers a’zosi Mirzobek Hasanov Patriot Boxing Team Artyom Suslenkov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Hakamlar bir ovozdan Mirzobek Hasanovning g‘alabasini qayd etishdi - 48:47, 49:46, 48:47.

Shu tariqa Uzbek Tigers guruh bosqichini 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uzbek Tigers Rossiyada mag‘lubiyatga uchradi