Rasman: Arne Slot Liverpulni tark etdi

Liverpul bosh murabbiyi Arne Slot kutilmaganda oʻz lavozimini tark etadigan boʻldi. Soʻnggi xabarlarga koʻra, klub rahbariyati va niderlandiyalik mutaxassis oʻzaro kelishuvga binoan darhol xayrlashishga qaror qilishgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
2025-26-yilgi mavsum Liverpul uchun ancha murakkab kechdi. Jamoa Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi oʻrinni egallab, Chempionlar ligasi yoʻllanmasini zoʻrgʻa qoʻlga kiritgani rahbariyatning noroziligiga sabab boʻlgan. Kuchli bosim ostida qolgan Slot jamoani kutilgan darajaga olib chiqa olmadi.
Taniqli insayder Fabrizio Romano bergan maʼlumotlarga koʻra, mersisaydliklar allaqachon yangi nomzodlar ustida ish boshlagan. Ayni damda Slotning oʻrniga asosiy daʼvogar sifatida Andoni Iraola koʻrilmoqda.
Liverpul muxlislari uchun ushbu isteʼfo kutilmagan yangilik boʻldi, biroq jamoaning soʻnggi natijalari oʻzgarishlar vaqti kelganidan dalolat berayotgan edi. Endilikda klub yangi mavsumga yangi murabbiy boshchiligida tayyorgarlik koʻradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!