date

Lamine Yamal nima uchun bosim sezmasligi va oʻzini superqahramon deb bilishi haqida

Lamine Yamal nima uchun bosim sezmasligi va oʻzini superqahramon deb bilishi haqida

Barselona va Ispaniya terma jamoasining yosh yulduzi Lamine Yamal dunyoning eng yirik stadionlarida qanday qilib hayajonsiz va erkin harakat qilishi haqida soʻzlab berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday xotirjamlik bolaligidan beri faqat futbol bilan shugʻullanib kelayotgani va bu ishni mukammal bilishi bilan bogʻliq. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

18 yoshli iqtidor egasi oʻzining hozirgi holatini hazil aralash oddiy ish faoliyati bilan solishtirdi. «Agar men oʻzim bilmaydigan ishni qilganimda, masalan, biror idorada oddiy ishda ishlaganimda, xato qilib qoʻyishdan qoʻrqib, qattiq asabiylashgan boʻlardim. Lekin futbol — bu mening butun umrlik mashgʻulotim. Maydonda oʻzimni uyimdagidek his qilaman. Tribunada ota-onam menga faxr bilan qarab turganini koʻrish esa barcha bosimni olib tashlaydi», — dedi Yamal FIFA nashriga bergan intervyusida.

Yosh hujumchi oʻzining eng yuqori formasiga kirgan paytdagi his-tuygʻularini superqahramonlikka qiyosladi. Uning taʼkidlashicha, oʻyin qovushgan paytda u oʻzini yengilmasdek his qiladi. «Bu xuddi superqahramon boʻlishga oʻxshaydi — hamma narsa oʻz-oʻzidan amalga oshadi. Men tezroq, kuchliroq boʻlaman va adrenalin butun tanamni qamrab oladi. Jahon chempionatida ham aynan shu darajaga chiqishni istayman», deya qoʻshimcha qildi futbolchi.

Yamalning oʻyin uslubi koʻp jihatdan uning kayfiyatiga bogʻliq. U qanotlarda erkin ijod qilishni yoqtiradi va agar oʻyindan zavq olmasa, uning samaradorligi pasayishini tan oldi. «Mening oʻyinim kreativlikka asoslangan. Agar zavqlanmasam, hamma narsa zerikarli va ilhomlantirmaydigan boʻlib qoladi. Yevropa chempionatidagi kabi baxtli boʻlganimda esa, maydonda oʻzimni mutlaqo erkin his qilaman», — deya tushuntirdi Barselona yulduzi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamine Yamal nima uchun bosim sezmasligi va oʻzini superqahramon deb bilishi haqida