
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike "Real"ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Yuventus"ga qarshi EChLdagi mag‘lubiyatdan keyin ham bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirish uchun g‘alabaga intilgandik. Kurashda davom etishimiz kerak.
Messi futbol tarixidagi eng zo‘r futbolchi. Boshqa bu savolga o‘rin yo‘q. Men futbolda juda ko‘p narsalarni ko‘rdim va nima deyayotganimni yaxshi bilaman.
U jamoa libosidagi 500-golini kiritdi. Leo uchun xursandman. "Barselona" uzoq yillardan buyon buyuk jamoa bo‘lib kelmoqda.
Ammo uning eng muhim tarixi aynan Messi bilan bog‘liq", — deydi Enrike AS nashriga bergan intervyusida.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar