Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 5-turida O‘zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “Al Tavun” jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Gollarga boy kechgan o‘yinda 4:4 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida arab jamoasi ustozi Joze Manuel Gomesh quyidagicha fikr bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘FF matbuot xizmati.
“Uchrashuv fantastik ruhda va shiddat ostida kechdi. Har ikki jamoa vakillari ham ajoyib o‘yin namoyish etdi. Murabbiy sifatida shogirdlarim o‘yinidan ko‘nglim to‘ldi, desam bo‘ladi. Zero biz juda kuchli jamoaga qarshi bahs olib bordik. 4 ta gol kitirganimizga qaramay, g‘alaba qozonamaganimizdan xafaman.
“Lokomotiv” maydonida raqib jamoalar gol kiritishga qiynalishadi. Buni oldingi uchrashuvlarda ham ko‘rdik. “Al Ahli” ham, “Istiqlol” ham bu borada qiyinchilikka duch kelishgandi. Biz esa naqd 4 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldik.
Men “Al-Tavun”da ishlashni boshlaganimdan buyon bitta uchrashuvda bir necha bor 4 tadan gol kirita oldik. Aytmoqchimanki, men ochiq va tajovuzkor futbolni juda xush ko‘raman va jamoamga shuni singdirishga urinaman. Yigitlar mening ko‘rsatmalarimni bajara olishayotganidan xursandman”, – dedi “Al-Tavun” ustozi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”