4 840
OChL–2017. “Lokomotiv” va “Al-Tavun” o‘yinida muxlislar 8 ta gol guvohiga aylandi (Video)
Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Gollarga boy kechgan o‘yinda 4:4 hisobi qayd etildi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida saudiyaliklar hujumchisi Abdulmajid al-Suvat hisobni ochgan bo‘lsa, 3 daqiqadan keyin Marat Bikmaev muvozanatni tikladi.
31-daqiqada “Al-Tavun” futbolchisi o‘z jarima maydonchasida Jaloliddin Masharipovni yiqitgani uchun hakam saudiyalikar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirgan Marat Bikmaev mo‘ljalda adashmadi va hisobni oshirdi.
38-daqiqada “Al-Tavun” foydasiga penalti belgilandi. Saudiyaliklar sardori tomonidan berilgan zarbani Ignatiy Nesterov qaytardi va hisob o‘zgarmay qoldi – 2:1. Tanaffusgacha ushbu hisob saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida Marat Bikmaev o‘z hisobiga xet-trik yozib qo‘ydi. Ammo “temiryo‘lchilar” xotirjamlikka berildi va buning natijasida 65 va 69-daqiqalarda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi – 3:3.
81-daqiqada Jaloliddin Masharipov individual mahorat evaziga yana hisobni oshirdi – 4:3. O‘yin yakunida Rikardo Machado standart vaziyatdan uzatilgan to‘pni golga aylantirdi. Yakuniy hisob – 4:4.
Mazkur o‘yindan keyin “Lokomotiv” ochkolari sonini 5 taga etkazdi va guruhda so‘nggi o‘rinda qoldi. “Al-Tavun”da ham 5 ochko, ammo o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra saudiyaliklar 3-pog‘onada bormoqda.
OChL–2017. “A” guruhi, 5-tur
“Lokomotiv” stadioni, Toshkent
25 aprel, seshanba
“Lokomotiv” – “Al-Tavun” 4:4 (2:1, 2:3)
Gollar: Marat Bikmaev (21, 31, 47), Jaloliddin Masharipov (81) – Abdulmajid al-Suvat (18), Jihon al-Hussayn (65), Alassan N’Diaye (69), Rikardo Machado (90)
Ogohlantirishlar: Marat Bikmaev (42) – Naif Musa (7)
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Bobur Yo‘ldoshev, Kaxi Maxaradze, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev (Murod Bobojonov, 85), Timur Kapadze (Salim Mustafoyev, 75), Islom To‘xtaxo‘jaev, Oleg Zoteev, Diyor Turopov (Quvondiq Ro‘ziev, 67), Jaloliddin Masharipov.
“Al-Tavun”: 22.Fahad al-Shammari, Abdulla Kano, Rikardo Machado, Jihod al-Hussayn, Muhammad Abusabaan (al-Baraka, 46), Naif Musa, Mahmud Muaz, Alassan N’Diaye, Said al-Dosari, Luchian Sanmarten (al-Sairi, 63), Abdulmajid al-Suvat.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”