Ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoni mag‘lubiyatga uchratib, superog‘ir vazn toifasida IBF, WBA hamda IBO yo‘nalishlari chempioniga aylangan britaniyalik Entoni Joshua yana bir bor «Uembli» stadionida jang o‘tkazish istagida ekanini ma’lum qildi.
U jang yakunlangach, o‘ziga so‘z berilganida avvaliga o‘zining yoshlikdagi kumiri bo‘lgan va undan nokautga uchrab mag‘lub bo‘lgan Vladimir Klichkoga hurmat bajo keltirdi.
«Menga nima deyapsiz? Professional ringdagi 3,5 yillik faoliyatda 19 g‘alaba, bironta mag‘lubiyat yo‘qmi? Men ideal emasman, ammo men o‘z salohiyatimni ishga solib, harakat qilayapman. Men Vladimir Klichkoga cheksiz hurmatimni bildirmoqchiman», — degan Joshua Sky Sports muxbiriga.
Shundan so‘ng esa u britaniyalik boshqa bir bokschi Tayson Fyurini jangga chorladi. Fyuri 2015 yili ochkolar hisobiga ko‘ra Klichkodan ustun kelgandi.
«Fyuri, Tayson Fyuri, qayerdasan? Menga boks tushish yoqadi. Sen men haqimda ko‘p gapirgansan. O‘zingni tartibga keltirib olsang, men senga 90 000 muxlis ko‘z o‘ngida ajoyib boks kechasida raqib bo‘lishni taklif etaman. Men sen bilan jang o‘tkazishga tayyorman», — deya qo‘shimcha qildi Joshua. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”