
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo va o‘z shogirdi Krishtianu Ronalduga to‘purarlik borasida havas qilishini bildirdi.
"Ronaldu - murabbiy sifatida qo‘l ostimda bo‘lgan eng yaxshi futbolchidir. Baxtga qarshi u bilan birga to‘p surmaganman. Uning statistikasi hayratga soladi.
Men Ronaldo bilan birga to‘p surganman, u buyuk futbolchi edi. Ularning ikkisiga ham havas qilaman, mening statistikam bu qadar yorqin emas. Men golli uzatmalar amalga oshirganman, ammo bu qadar ko‘p gol urmaganman. Shu sababli ular kabi hissiyot bo‘lmagan menda", - deydi Zidan.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar