Messi Avstriya bilan bahsda bir yo‘la 3 ta buyuk rekordni yangilashi mumkin

1 daqiqa o'qish310
Messi Avstriya bilan bahsda bir yo‘la 3 ta buyuk rekordni yangilashi mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • JCH-2026 doirasida o'tadigan Argentina va Avstriya terma jamoalarining uchrashuvi Lionel Messi uchun uchta buyuk rekordni yangilash imkoniyatini taqdim etmoqda.
  • Argentina terma jamoasi sardori ketma-ket oltita Jahon chempionati o'yinida gol urish seriyasini takrorlashi, 16 ta gol bilan Miroslav Kloze bilan bo'lishib turgan mutlaq to'purarlik natijasini yaxshilashi mumkin.

JCH-2026 doirasida bo‘lib o‘tadigan Argentina va Avstriya o‘rtasidagi uchrashuv nafaqat guruhdagi yetakchilik, balki futbol tarixini qayta yozish nuqtayi nazaridan ham ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi mazkur bahsda maydonga tushib, birdaniga uchta buyuk rekordni yangilash yoki mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

Messini kutayotgan uchta tarixiy natija:

  • Ketma-ket gol urish seriyasi: Leoga ketma-ket oltita Jahon chempionati o‘yinida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilish rekordini takrorlash uchun atigi bitta gol kifoya. Hozirda ushbu afsonaviy natija faqatgina Jyust Fonten va Jairzinoga tegishli bo‘lib turibdi.

  • Mundiallar tarixidagi mutlaq to‘purarlik: Ayni damda argentinalik sehrgar Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida germaniyalik Miroslav Kloze bilan 16 ta gol bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Avstriya darvozasiga uriladigan navbatdagi to‘p Messini JCH tarixidagi yagona va mutlaq raqamli to‘purarga aylantiradi!

  • Uzoq masofadan urilgan gollar qiroli: Bundan tashqari, Messi Jahon chempionatlarida jarima maydonchasi tashqarisidan gol urish bo‘yicha ham o‘z rekordini yangilashi mumkin. Hozirda uning hisobida mana shunday uzoq masofadan yo‘llangan 5 ta gol mavjud.

Argentina guruhda peshqadamlik qilmoqda

Eslatib o‘tamiz, amaldagi dunyo chempioni Argentina terma jamoasi musobaqadagi yurishini juda ishonchli boshladi. Ilk turda ular Jazoir terma jamoasini 3:0 hisobida tor-mor etib, guruh peshqadamlaridan biriga aylanib olishgan.

Argentina va Avstriya milliy jamoalari o‘rtasidagi ushbu intiqlik bilan kutilayotgan shiddatli bahs bugun soat 22:00 da boshlanadi. Messi yana bir bor futbol tarixi kitoblarini yangilab, muxlislariga unutilmas tuhfa taqdim eta oladimi? Buni tez orada yashil maydonda ko‘rib olamiz!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?