9 248
O‘zbekiston futboli, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldular haqida siz bilmagan ma’lumotlar
Futbol (inglizcha “foot”- oyoq, “ball”- to‘p) bugungi kunda millionlab insonlarni o‘ziga jalb qila olgan sport o‘yini hisoblanadi. Ushbu o‘yindan maqsad to‘pni raqib darvozasiga kiritish, ya’ni gol urish hisoblanadi. Futbol o‘yinida maydonda 11 kishidan iborat ikki jamoa bahs olib boradi. Futbol to‘pining og‘irligi 410-450 gramm, aylana diametrining uzunligi 68-70 sm bo‘lishi o‘yin qoidalariga ko‘ra belgilab qo‘yilgan. Maydonda har ikkala jamoada bittadan darvozabon bo‘lib, ular boshqa futbolchilardan farqli ravishda qo‘l bilan o‘ynash imkoniyatiga ega. Boshqa hech qaysi futbolchilar o‘yin davomida qo‘l bilan o‘ynashi mumkin emas, bu qoidabuzarlik hisoblanadi. Tananing boshqa a’zolari, oyoq, bosh, tananing gavda qismlari bilan to‘pni bo‘ysundirish, gol kiritish mumkin. Futbolda qoidabuzarlik uchun hakam tomonidan sariq va qizil qartochkalar ko‘rsatiladi.
**************
O‘zbekistonda 1912 yilda Qo‘qonda futbol jamoasi tuzilgan. Keyinchalik Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham futbol jamoalari paydo bo‘lgan. Ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Toshkentning “Paxtakor” klubi 1956 yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston futbol federasiyasi dastlab 1959 yilda yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1992 va 2001 yillarda qayta ro‘yhatdan o‘tgan. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1994 yilda Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan.
**************
Argentinalik mashhur futbolchi Lionel Andres Messi 1987 yilning 24 iyunida Argentinaning Rosario shahrida tavallud topgan. Uning bo‘yi 170,5 santimetr, vazni esa 70,5 kilogramm. Futboldagi ampulasi – hujumchi. Hozirgi kundagi jamoasi Kataloniyaning “Barselona” klubi hisoblanadi, Argentina terma jamoasi sardori. Messi terma jamoa libosida 2004-2005 yillarda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat Argentina terma jamoasida, 2008-yilda Argentina olimpiya terma jamoasida o‘ynagan. Milliy terma jamoadagi faoliyatni 2005 yilda boshlagan. Lionel Messi 2008 yilda Pekinda o‘tkazilgan olimpiadada futbol bo‘yicha oltin medalni, Argentina milliy terma jamoasida 2014 yilda Braziliyada o‘tkazilgan jahon chempionatida kumush medalni hamda 2007, 2015, 2016 yillarda Amerika kubogida kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
**************
Portugaliyalik mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu dos Suzantos Averio 1985 yilning 5 fevralida Portugaliyaning Madeyra shahrida tavallud topgan. Uning bo‘yi 185,8 santimetr, vazni esa 80,8 kilogramm. Futboldagi ampulasi –qanot yarim himoyachisi va hujumchi. Hozirgi kundagi jamoasi Ispaniyaning “Real Madrid” klubi hisoblanadi, Portugaliya terma jamoasi sardori. Ronaldu terma jamoa libosida 2001 yilda 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat Portugaliya terma jamoasida, 2001-2002 yillarda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat Portugaliya terma jamoasida, 2002-2003 yillarda 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat Portugaliya terma jamoasida, 2003 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat Portugaliya terma jamoasida, 2004-yilda Portugaliya olimpiya terma jamoasida o‘ynagan. Milliy terma jamoadagi faoliyatni 2003 yilda boshlagan. Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasida 2004 yilda o‘z vatanida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha Evropa chempionatida kumush medalni, 2012 yilda Ukraina va Polshada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha Evropa chempionatida bronza medalni hamda 2016 yilda Fransiyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha Evropa chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”