08:10 / 18.05.2017
4 980

Mbappening goli «Monako»ga 17 yildan so‘ng ilk chempionlikni taqdim etdi

Mbappening goli «Monako»ga 17 yildan so‘ng ilk chempionlikni taqdim etdi
Fransiya chempionatining 31-turida qoldirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «Monako» Fransiya chempionatlari tarixida eng ko‘p chempion bo‘lgan «Sent-Eten»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 19-daqiqasida 18 yoshli Kilian Mbappe Radamel Falkao tomonidan etkazib berilgan to‘pdan so‘ng darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va uni ham aldab o‘tib hisobni ochdi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligi saqlab qoldi.

Natijada 37 uchrashuvda 92 ochko jamg‘argan «Monako» 17 yildan so‘ng ilk marta Fransiya chempioni degan nomni qo‘lga kiritdi. Bu monegaskliklarning Fransiya chempionatlari tarixida 8-g‘alabasi bo‘ldi. «Sent-Eten» (10 marta) va «Marsel»gina (9 marta) «Monako»dan ko‘proq mamlakat chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Fransiya 1 ligasi
31-turning qoldirilgan uchrashuvi

Monako – Sent-Eten 1:0 (1:0)
Gol: Mbappe (19).
Monako: Subashich, Glik, Jemerson, Mendi, Fabino, Lemar, Moutinyu, Mbappe (Radji, 90), Bernardu Silva (Jermen, 69), Sidibe, Falkao (Karrilo, 88).
Sent-Eten: Ryuffe, Lakrua, Pogba, Poloma, Teofil-Katrin, Maiga (Kleman, 21), Veretu, Norden, Lemuan (Rosha Santush, 85), Seve, Toft-Soderlund (Amuma, 68).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (67), Lakrua (78).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappening goli «Monako»ga 17 yildan so‘ng ilk chempionlikni taqdim etdi