
Aralash qoidalar bo‘yicha UFC tashkiloti prezidenti Dana Uayt Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘rtasida boks jangi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
“Konor bilan kelishuv tayyor. Endi Meyvezerning jamoasi bilan muzokarani boshlaymiz. Bu bilan jang aniq bo‘ladi, deya olmayman. Lekin Konor bilan kelishuvga erishdim. Bu ishning yarmi bajarildi, degani. Agar biz Meyvezerning maslahatchisi va shaxsan Floydning o‘zi bilan kelishib olsak bo‘lgani, jang albatta bo‘ladi”, dedi Uayt. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar