
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati 21-turida «Selta»ga qarshi kechgan qoldirilgan o‘yinda raqib futbolchilari bilan bahslashib qoldi.
Madridliklar ushbu uchrashuvda 4:1 hisobida g‘alaba qozongan, portugaliyalik futbolchi esa dubl qayd etgan edi. Uchrashuvdagi vaziyatlardan birida Ronaldu raqib himoyachisi Gustavo Kabralga «Pul juda ko‘p, bir jomadon», deb aytgan. Bu bilan Ronaldu «Selta» futbolchilariga «Barselona» mukofot puli va’da qilganiga ishora bildirgan.
Ronaldu bu gapni aytayotgan vaqtda qo‘li bilan pul ishorasini ko‘rsatgani aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, «Real» ayni vaqtda 90 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Barselona»da esa 87 ochko mavjud.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar